Mask Falastinda Starlink AQSH va Isroil ruxsatisiz yoqilmasligini aytdi
Olam
−
29 Oktabr 2023
10234Avvalroq Falastin milliy ma’muriyati (FMM) Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Starlink sun’iy yo‘ldoshlari yordamida G‘azo sektorida aloqani tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edik.
Maskning ma’lum qilishicha, sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallarining hech biri AQSH va Isroil hukumatlari bilan kelishmasdan yoqilmaydi.
Unga ko‘ra, hali hech qanday ulanishlar bo‘lmagan va bu amalga oshirilmagan taqdirda ham, albatta, AQSH hamda Isroil bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
“Bunday so‘rov bo‘lsa, biz kamida bitta terminalni yoqishdan oldin AQSH va Isroil hukumatlari bilan xavfsizlik tekshiruvini o‘tkazamiz”, degan Ilon Mask.
Isroil Aloqa vaziri Shlomo Karhi Maskning SpaceX kompaniyasi G‘azo sektorini sun’iy yo‘ldosh orqali uzluksiz internet bilan ta’minlash istagida ekanini qattiq qoralab, mamlakat uning kompaniyasi bilan barcha aloqalarni uzishini ma’lum qildi.
Karhining fikriga ko‘ra, Starlink sun’iy yo‘ldoshlari yordamida G‘azo sektorida aloqa tiklanadigan bo‘lsa, HAMAS bu imkoniyatdan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanishi mumkin.
“Biz uning faqat gumanitar sabablarga ko‘ra ishlatilishini tasdiqlash uchun favqulodda choralar ko‘ramiz”, deya Karhini ishontirishga harakat qilgan Mask.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo sektorida aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi Paltel kompaniyasi bugun, 29 oktyabr kuni Isroil tajovuzi tufayli uzilib qolgan statsionar, mobil va internet xizmatlari asta-sekin tiklanayotganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi