Mask 2022 yilda o‘rnatgan antirekordlari bilan Ginnessga kirdi

Bu qiziq

image

Ilon Mask shaxsiy boyligini yo‘qotish bo‘yicha jahon rekordini rasman yangilab, Ginness rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda “Guinness World Records” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 2022 yilda Maskning boyligi rekord darajada, ya’ni 200 milliard dollarga kamaygan. Shuningdek, yil davomida tadbirkor kapitalining asosini tashkil etuvchi Tesla aksiyalari 65 foizga tushgan. Asosiy pasayish Maskning Twitter’ni sotib olishni e’lon qilinganidan keyin sodir bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning 27 oktyabrida amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik kelishuvni yakunlab, ijtimoiy tarmoq rahbariga aylangan edi.

Muatxassislarning fikricha, milliarder daromadining sof qiymati o‘rtacha daromad topadigan odamnikiga nisbatan ancha o‘zgaruvchandir. Buning sababi milliarder boyligining asosiy qismi odatda aksiyalar va investitsiyalar shaklida ekanligidadir. Shuningdek, ushbu investitsiyalarning bozor bahosi o‘zgarib turishi sababli ularning egasining aniq boyligi ham o‘zgarib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask o‘tgan yilda ikki marta dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidagi yetakchilikni boy bergan edi. O‘shanda uning boyligi 176,8 milliard dollarga baholangan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Twitter Ilon Mask Tesla Ginness

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing