Mask yana dunyo boylari ro‘yxatidagi o‘rnini boy berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ilon Mask bir hafta ichida ikkinchi marta dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidagi yetakchilikni boy berdi. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar berdi.

“Forbes” talqiniga ko‘ra, Tesla va Twitter kompaniyalarining asoschisi Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidagi yana birinchi o‘rinni boy berdi. Uning boyligi 176,8 milliard dollarga baholanmoqda.

Mask 188,6 milliard dollarlik boylikka ega Fransiyaning “Louis Vuitton Moet Hennessy” kompaniyasi rahbari Bernar Arnoga yetakchilikni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 dekabr kuni amerikalik milliarder bir soat ichida ikki marta Forbes reytingida yetakchilikni yo‘qotib, uni Arnoga boy bergan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing