Mashina olib qochgan 2 yigit IIO xodimini pichoqladi
3-sahifa
−
09 avgust 8459 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatida Cobalt mashinasini olib qochgan 2 nafar yigit Toshkent viloyatida ularni to‘xtatgan ichki ishlar organi xodimini pichoqladi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yigitlar Samarqandda Cobalt’ga yo‘lovchi sifatida mingan. Ular Sirdaryo viloyatida haydovchi hojatxonaga kirish uchun to‘xtaganda mashinani olib qochgan. Tezkor xabar asosida Toshkent viloyatida ichki ishlar organi xodimi mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lganida yigitlardan biri xodimga o‘tkir tig‘li jism bilan tashlanib, jarohat yetkazgan. Ko‘rsatilgan tezkor tibbiy yordam sababli xodimning hayoti saqlab qolingan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yigitlar Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida qo‘lgan olingan. Ayni vaqtda ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97- (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) hamda 267- (transport vositasini olib qochish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida profilaktika inspektori chaqiruv vaqtida pichoqlanishi oqibatida vafot etgandi. Uni pichoqlagan 65 yoshli fuqaro esa qochib ketib, joriy yilning 4 iyul kuni qabristondagi makkapoya ichida qo‘lga olindi.
Keyinroq esa marhum profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
Live
Barchasi