Andijonda inspektorni pichoqlab o‘ldirgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
04 iyul 18840 1 daqiqa
1 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida profilaktika inspektori chaqiruv vaqtida pichoqlangan va olgan jarohati oqibatida vafot etgan edi. Inspektorni pichoqlagan 65 yoshli fuqaro esa qochib ketgandi. Bugun, 4 iyul kuni mazkur fuqaro qabristonga yashiringani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, gumonlanuvchi Yunusali Xolbozorov bugun, 4 iyul kuni soat taxminan 06:30 larda Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Yuksalish” mahallasi “So‘qoloq“ qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotgani aniqlangan, qo‘lga olish jarayonida u o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Jinoyatchini qo‘lga olishda ko‘maklashgan fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi nomidan minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyatida 71 yoshli ayol o‘z uyida pichoqlab o‘ldirib ketilgandi. Denov tumani “Buyuk kelajak” mahallasida yashovchi 1954 yilda tug‘ilgan ayol bosh qismidan 4 marta pichoqlangan.
Live
Barchasi