Masharipovning raqami o‘zgardi, demak...
Sport
−
14 dekabr 2022 17806 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida to‘p tepadigan o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov jamoaning so‘ngi mashg‘ulotlarida 77-raqamda ko‘rinish berdi. Futbolchi klubda 7-raqam ostida to‘p surardi.
Masharipovning 77-raqamni olgani jamoaga katta ehtimol bilan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni qo‘shilishidan darak beradi. Ronaldu Saudiya klubi bilan 2,5 mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq, Jaloliddin Masharipov Ronaldu "Al-Nasr"ga kelsa, unga o‘z raqamini berishga tayyorligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu faoliyati davomida Portugaliyaning "Sporting", Ispaniyaning "Real" va Italiyaning "Yuventus" klublarida to‘p surgan. Ronalduning jurnalist Pirs Morganga bergan tanqidiy intervyusidan so‘ng, MYU u bilan shartnomani muddatidan avval bekor qildi. Hozirda Krishtianu erkin agent maqomida.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr