Masharipov bir taym o‘ynagan bahsda Ronaldu jamoasi g‘alaba qozondi
Sport
−
11 mart 2025 7346 1 daqiqa
Kecha, 10 mart kuni Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob o‘yinida Saudiyaning “Al-Nasr” klubi Eronning “Istiqlol”ini qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur o‘yinda saudiyaliklar safida Ronalduning bir goli va Dyuranning dubli “Al-Nasr”ni keyingi bosqichiga olib chiqdi. Ushbu uchrashuvda eronliklar tarkibida o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov ikkinchi taym boshida maydonga tushdi.
Ma’lumot o‘rnida, shu yilning 3 mart kuni “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda hisob ochilmagan. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Al-Nasr” 3:0 hisobini qayd etdi.
Qayd etish joiz, mazkur o‘yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025