Mashhur portal APLning qaysi klublari YeCHL yo‘llanmasiga ega chiqishini taxmin qildi
Sport
−
25 aprel
1725“Manchester Siti” klubi katta ehtimol bilan keyingi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Bu haqda “Opta” nashri xabar berdi.
Statistik tahlillar bilan shug‘ullanadigan portalga ko‘ra, Angliya Premer-ligasi yakunlariga oid navbatdagi taxmainlar e’lon qilindi. Londonning “Arsenal”i va “Liverpul” klublari allaqachon raqobatchilaridan ancha oldidan ketayotgani bois, bu safar kuchli yettilikkacha bo‘lgan besh klub taxminlar markazida bo‘ldi. Ushbu klublar orasida eng katta imkoniyat hozirda 6 o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramayotgan “Manchester Siti”ga berilgan, “shaharliklar” 95.1% foiz Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqqan. Nashrning taxminicha, klub mavsumni 3-o‘rin bilan yakunlaydi. To‘rtinchi o‘rinda “Nottingem Forest” 80.1% bilan. Undan keyin imkoniyati 77.6% ga baholanayotgan “Nyukasl” qayd etilgan.
“Chelsi” va “Aston Villa” esa ro‘yxatning quyi qismida. “Aristokratlar”ga 29.7% va Unai Emeri boshchiligidagi “Aston Villa”ga 17.3% taxmin bildirilgan.
Ayni vaqtga kelib, APL turnir jadvalidagi top-7 quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. “Liverpul” - 79 ochko (33 o‘yin);
2. “Arsenal” - 67 ochko (34 o‘yin);
3. “Manchester Siti” - 61 ochko (34 o‘yin);
4. “Nottingem Forest” - 60 ochko (33 o‘yin);
5. “Nyukasl” - 59 ochko (33 o‘yin);
6. “Chelsi” - 57 ochko (33 o‘yin);
7. “Aston Villa” - 57 ochko (34 o‘yin).
Ma’lumot o‘rnida, 2025/26 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasidan 5 ta jamoa Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
LiveBarchasi