Mashhur Amerika nashri O‘zbekiston Olimpiadada nechta medal olishini taxmin qildi
Sport
−
23 iyul
23329Amerikaning “Sports Illustrated” jurnali 75 ta litsenziya bo‘yicha Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini musobaqalarda 12 ta medalga ega chiqishini taxmin qildi.
Jurnaldagi taxminlarga ko‘ra, o‘zbek bokschilaridan Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov o‘z vazn toifalarida Olimpiada chempioni bo‘ladi. -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kumush, -92 kg da esa Lazizbek Mullajonov bronza medalni qo‘lga kiritishi kutilmoqda.
Nashr tomonidan O‘zbekistonga eng ko‘p medal olib keladigan sport turlaridan biri sifatida dzyudo taxmin qilinmoqda. Dzyudochilar Dilshodbek Baratov, Muzaffarbek To‘raboyev, Alisher Yusupov va Diyora Keldiyorova o‘z vaznida bronza medalni qo‘lga kiritishi kutilyapti,biroq QALAMPIR.UZ'ga ma’lum bo‘lishicha -60 kg vaznda Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini Dilshodbek Baratov emas, Doston Ro‘ziyev himoya qiladi. Davlat Bobonovning esa kumush medal uchun imkoniyatlari yuqori baholanyapti.
Taekvondochilardan Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashidov bronza, Svetlana Osipova esa kumush medal egasi bo‘ladi deb qayd etilgan.
LiveBarchasi