Maryam Tillyayeva ajrim ziyofati o‘tkazdi
Madaniyat-san’at
−
26 Oktabr 2023
53374O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva rasman ajrashdi va kecha, 25 oktyabr kuni Toshkentda "Ajrim ziyofati"ni o‘tkazdi. U ushbu bayramdan lavhalarni o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.
Ziyofat xuddi to‘y marosimidek o‘tkazilgan. U uchun maxsus tort va menyu ham buyurtma qilingan. Shuningdek, bayram plakatlariga “Yolg‘iz va baxtli” degan so‘zlar yozilgan. Ammo bu bayramda uzuk taqilmadi, aksincha, Maryam Tillyayeva o‘zining 19 ming AQSH dollari turadigan nikoh uzugini o‘yinda yutgan qizga sovg‘a qilib yubordi.
Ma’lumot uchun, Maryam Tillyayeva va bloger Amiran Sardarov 2021 yil aprel oyida turmush qurgan. Ammo bir necha oydan so‘ng 2022 yil juftlik ajralganini ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilgandi. Bir necha kun avval ular rasman ajrashdi.“Men rasman 2,5 yil turmush qurganman. Ammo munosabatlarimiz faqatgina 8 oy davom etgan. Uzoq kutilgan yangilikni e’lon qiladigan kun keldi. Men nihoyat ajrashdim! Sobiq turmush o‘rtog‘imga tajriba uchun va blogerlik faoliyatimga turtki bergani uchun minnatdorlik bildiraman”, degan Tillyayeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maryam Tillyayeva “Er qidiryapman” yozuvli plakat ko‘tarib, ko‘chalarni kezgani aks etgan videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan va bu muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr