Mart oyida o‘zbekistonlik qancha migrant Rossiyadan qaytgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning birinchi choragida xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining 193 ming nafari ortga qaytib keldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Yunusov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 133 ming nafar mehnat muhojiri Rossiyadan kelgan. Birgina mart oyida esa 50 ming nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytgan.

Solishtirish uchun: 2021 yilda 502 ming mehnat migranti O‘zbekistonga qaytgan, shuning 280 ming nafari Rossiyadan kelgan.

Xorijdan qaytgan fuqarolarning 15 mingdan ortig‘ini bandligi ta’minlangan, 2 ming 813 tasi kasb va tadbirkorlikka o‘qitilgan.

Shu o‘rinda mart oyida 70 mingdan ortiq fuqaro Rossiyaga ishlash uchun jo‘nab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

401

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing