Marshal Abdul Rashid Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 4 avgust kuni Afg‘onistondagi eng obro‘li shaxslardan biri asli o‘zbek Marshal Abdul Rashid Do‘stum mamlakatga qaydi. Bu haqda “Tolo News” Milliy yarashuv kengashi rahbari o‘rinbosari Babar Faraxmandga tayanib xabar berdi.

Marshal Do‘stum iyun oyidan beri Turkiyada davolanayotgandi. U mamlakatni tark etguncha Juzjon va bir nechta qo‘shni viloyatlarda jang harakatlarini boshqarib turgandi. Marshal Afg‘onistonga qaytishi bilan yana janglarni boshqarishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Abdul Rashid Do‘stum qandli diabet xastaligi tufayli koronavirusdan qiynalib, professional davolanishga ehtiyoj sezgan va shu tufayli Afg‘onistonni tark etgani aytilgandi.

Shuningdek, u “Tolibon” bilan janglarda yaralangani ham aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdul Rashid Do'stum

Baholaganlar

975

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing