Marshal Do‘stum “Tolibon” hukumatiga kiritiladimi? Harakat vakili qat’iy javob berdi

Olam

image

Afg‘onistondagi eng obro‘li shaxslardan biri Marshal Abdul Rashid Do‘stum “Tolibon” tuzadigan hukumat tarkibiga kiritilmaydi. Bu haqda “Tolibon” harakatining madaniyat bo‘yicha komissiyasi a’zosi G‘ulom Nabi ma’lum qildi.

“Biz xalqaro hamjamiyat oldida emas, jangchilarimiz qarshisida javob beramiz. Xalq va 40 yil davomida azob chekishga mahkum bo‘lgan odamlar oldida. Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonni, albatta, tan oladi. Ha, ular bosim o‘tkazyapti, biz so‘nggi soniyagacha unga qarshilik ko‘rsatamiz. Och qolamiz, lekin hech kimning qarshisida ta’zim qilmaymiz. Bizning hukumatda mojarolar bo‘lmaydi, u birlik va hamjihatlikni saqlab qoladi. Agar Turkiya Do‘stum, uning o‘g‘li yoki qizi Rahilya ham kirgan inklyuziv hukumat bo‘lishini xohlasa, biz hech qachon bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, degan G‘ulom Nabi “Qobul ovozi”ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, hozirda Marshal Abdul Rashid Do‘stum qayerdaligi noma’lum. So‘nggi bor, Balx viloyatining sobiq gubernatori Ato Muhammadiy Nurning o‘g‘li Do‘stum boshchiligida yangi front tuzilishini ma’lum qilgandi.

Undan avvalroq esa Do‘stum armiya bilan o‘sha "Tolibon"ga bo‘ysunmay kelayotgan Panjsher viloyatiga yo‘l olgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Abdul Rashid Do'stum

Baholaganlar

2045

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing