Marshal Do‘stumning o‘g‘li “Tolibon”ga asir tushgani rad etildi. U qayerda?

Olam

image

Avvalroq “Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning eng obro‘li shaxslaridan biri Marshal Abdul Rashid Do‘stumning o‘g‘lini asir tushirgani haqida xabar bergan edik.

Turli manbalarning ma’lum qilishicha, Marshal Abdul Rashid Do‘stumning o‘g‘li Yormuhammad Do‘stum “Tolibon”ga asir tushmagan. U hozirda Afg‘oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahrida bo‘lib turibdi.

Yormuhammad Do‘stum Juzjon viloyati markazi Shibirg‘on shahri “Tolibon” jangarilari tomonidan egallangach, dastlab Qobulga, so‘ng Mozori-Sharifga yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, Marshal Abdul Rashid Do‘stum ham Shibirg‘onni tark etdi. U Mozori-Sharifda Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan “Tolibon”ga qarshi kurash masalasini muhokama qilgani xabar qilingandi.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Abdul Rashid Do'stum

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing