Marsel politsiyasi “Benfika” muxlislarini restorandan haydab chiqardi
Sport
−
18 aprel
1823“Marsel” va “Benfika” o‘rtasidagi Yevropa ligasi 1/4 final javob uchrashuvi arafasidagi muhit juda keskin tus olmoqda. Marsel politsiyasi “Benfika” muxlislari “Burger King” fastfud restoraniga nonushta qilish uchun kelganlarida ularni haydab chiqarishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, avvaliga “Benfika” muxlislari politsiyachilarning xatti-harakatlariga juda salbiy munosabatda bo‘lgan, biroq keyinroq politsiya Portugaliya klubi muxlislariga “Marsel” muxlislari ularni ertalabdan izlayotgani va bir guruh marselliklar restoranga janjal chiqarish uchun kelayotganini tushuntirgan.
“Marsel” muxlislari Fransiyada o‘ta qiziqqon va agressivligi bilan ajralib turadi. Noqonuniy xatti-harakatlari tufayli jamoa ko‘pincha bo‘sh tribunali maydonda o‘ynashga va klub jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.
Hozirda “Benfika” muxlislarining shahar bo‘ylab keyingi barcha harakatlari huquq-tartibot idoralari tomonidan nazorat qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Lissabonda bo‘lib o‘tgan “Benfika” va “Marsel” jamoalari o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 2:1 hisobida Portugaliya jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
LiveBarchasi