Marsdan sho‘r suvli ko‘l topildi
Bu qiziq
−
30 Sentabr 2020
8254Italiyalik olimlar Mars sayyorasining janubiy qutbidagi muzliklar ostidan sho‘r suvli ko‘llar tarmog‘ini topdi. Bu haqda "Nature Astronomy" ma’lum qildi.
Kashfiyot astronomlar tomonidan 2010 yildan 2019 yilgacha Mars Express orbital zondidan olingan ma’lumotlar asosida amalga oshirildi.
Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, tarmoq to‘rtta suv havzasidan iborat bo‘lib, ularning eng kattasi tizim markazida joylashgan. Uning eni 30 kilometrni tashkil qiladi. Ko‘llar tarmog‘i bir yarim kilometr chuqurlikda joylashgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, suyuq suvning mavjudligi Marsda yoki uning yuzasida mikroblarning hayot kechirish ehtimolini oshiradi. Ammo, taxminlarni to‘la tasdiqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarur.