Marsdagi ilk vertolyot parvozi qoldirildi
Texnologiya
−
11 aprel 2021
6815NASA ma’lumotiga ko‘ra, Marsda uchuvchisiz Ingenuity vertolyotining birinchi sinov parvozi qoldirilgan.
Tadbir joriy yilning 11 apreliga belgilangan edi. Endi u 14 apreldan oldin o‘tkazilmaydi.
"Ingenuity vertolyotidan juma kuni kechqurun olingan ma’lumotlarga asoslanib, NASA birinchi sinov parvozini kechiktirishga qaror qildi", deyilgan xabarda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, birinchi parvozga tayyorgarlik olti kun vaqt oladi.
Vertolyot Perseverance roverida joriy yil 18 fevral kuni Yezero krateriga yetkazilgan.
Rover parvoz paytida qo‘llab-quvvatlaydi, suratga oladi, atrof-muhitga oid ma’lumotlarni to‘playdi va vertolyotning Yerdagi missiya nazoratchilari bilan aloqa qilishiga imkon beradigan bazaviy stansiyani o‘zida joylashtiradi.
LiveBarchasi