Marsda katta miqdorda muz zaxiralari topildi 

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

“EkzoMars-TGO” zondi Marsning Mariner vodiysi markazida yirik muz zaxiralarini topdi. Ushbu kashfiyot Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti yadroviy planetologiya bo‘limi boshlig‘i Igor Mitrofanov boshchiligidagi rossiyalik va niderlandiyalik olimlarga tegishli. Bu haqda Yevropa kosmik agentligi saytida xabar berilgan. 

“TGO zondi chang va tuproq qatlami ostida yashiringan Mars suvi zaxiralarini qidirishi va o‘rganishi mumkin, biz buni o‘tmishda topa olmagan edik. Xususan, FREND qurilmasi Marinerdagi qoyalar tizimida sirtining 40 foizi muz qatlamidan iborat maydonni aniqladi”, deb ta’kidlagan tadqiqot mualliflari. 

Mariner vodiysi Marsning janubiy yarimsharida joylashgan ulkan kanonlar tizimidir. Ularning taxminiy uzunligi taxminan 4,5 ming kilometr, chuqurligi esa 11 kilometr. 

“EkzoMars-TGO” zondi bortida o‘rnatilgan FREND neytron spektrometri muz zaxiralarini ochishga yordam bergan. Astronomlarning fikricha, Xaos Kandoraning yer yuzasiga yaqin jinslaridagi suv miqdori kamida 40 foizni tashkil qiladi. 

“Bu Mariner vodiysidagi o‘ziga xos iqlim va geologik sharoitlardan darak yoki mahalliy suv zaxiralari doimiy ravishda to‘ldirilib borilishidan dalolat beradi”, deb xulosa qilgan olimlar.


Maqola muallifi

Teglar

suv Mars

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing