Marsda ilk marta suyuq holdagi suv topildi
Olam
−
13 avgust
8105NASA olimlari Marsda birinchi marta suyuq holdagi suvni topdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Suv sayyora yuzasi ostidagi juda katta chuqurlikdan topilgan. Suvning holati juda sifatli hamda suyuq holatda bo‘lgan. Olimlar NASA’ning Mars Insight Lander zondi tomonidan to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib, Mars qobig‘ining chuqur qismida suyuq suv pufakchasi bor degan xulosaga kelgan. Tahlil natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.
Qo‘shni sayyorada suv oldin ham topilgan, lekin u suyuq holatda emas, balki qutblarda muz va atmosferadagi bug‘ qoldiqlari shaklida edi. Mars Insight Lander zondi 2018 yilda qo‘shni sayyora yuzasiga qo‘ngan va 2022 yilning oxirigacha bir joydan ikkinchi bir joyga siljimagan va sayyorani zimdan kuzatgan. Shunda seysmograf yordamida Mars qobig‘ining silkinishi qayd etilgan.
Nashrning qayd etishicha, olimlar seysmik to‘lqinlarning tezligini o‘lchab, ular qanday muhitdan o‘tayotganini yuqori ehtimollik bilan aniqlashi mumkin. Loyihada ishtirok etgan Kaliforniya universiteti professori Maykl Manga bu aslida Yerda yerosti suv, neft yoki gaz konlarini topishda qo‘llaniladigan usuldir.
Tahlil shuni ko‘rsatdiki, suv Mars yuzasi ostida 10-20 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Bu kashfiyot, professor Manganing so‘zlariga ko‘ra, qisman “Marsdan suv qayerga ketdi?” degan katta savolga javob beradi. Mars yuzasini o‘rgangan olimlar uzoq vaqtdan beri unda bir paytlar suv bo‘lgan degan xulosaga kelgan, chunki uning yuzasida daryo va ko‘l izlari bor. Ammo so‘nggi 3 milliard yil davomida u cho‘l edi.
Suvning bir qismi bug‘lanib, Mars atmosferasi bilan birga koinotga uchib ketdi. Ammo ba’zilari, aftidan, sirt ostida qolgan. Insight zondi seysmik to‘lqinlarni faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zidan pastroqda qayd etdi va shunga ko‘ra, xuddi shu joyda taxminiy suv konlari ham topilgan, ammo olimlar bunday konlar Marsning boshqa joylarida ham mavjudligiga ishonmoqda.
Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsa, ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu ko‘rinmas konlarda Marsning butun yuzasini (Tinch okeani hududidan kichikroq) ko‘proq suv qatlami bilan qoplash uchun yetarli miqdorda suv bo‘lishi kerak.
BBC’ning yozishicha, ushbu zaxiralarning chuqurligi Marsni mustamlaka qilishni rejalashtirgan ba’zi milliarderlar uchun yaxshi narsa emas.
“U yer qobig‘ida 10-20 kilometr chuqurlikda yashiringan. Marsda 10 kilometr chuqurlikdagi teshik ochish hatto Ilon Mask uchun qiyin bo‘lardi”, degan professor Maykl Manga.
Insight zondining kashfiyoti Marsda hayot izlarini qayerdan izlash kerakligini ham ko‘rsatishi mumkin.
“Suyuq suvsiz hayot bo‘lmaydi. Shunday qilib, agar Marsda yashash uchun potensial joylar mavjud bo‘lsa, ular sayyoraning sirtidan chuqurroq bo‘lishi mumkin”, deya eslatadi professor Manga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marsda katta miqdorda muz zaxiralari va ko‘l topilgandi. Shuningdek, Oyda g‘or topilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi