Marokashda zilziladan qurbon bo‘lganlar 2100 dan oshdi

Olam

image

Marokashda zilzila oqibatida halok bo‘lganlar 2122 nafarga, jarohatlanganlar esa 2421 kishiga yetdi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar yo‘llardagi katta to‘siqlar tufayli aholi eng ko‘p jabrlangan hududlarga yetib borishga qiynalyapti. Zilzila oqibatida halok bo‘lganlar to‘qqizta viloyat va prefekturalarda qayd etilgan.

Qatar rasmiylari Marokashga yettita qidiruv-qutqaruv vertolyoti, chodirlar, tibbiy asbob-uskunalar va oziq-ovqat ko‘rinishida yordam jo‘natgan. Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkilotning Marokashdagi filialini qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 1 million dollar ajratgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 sentyabrga o‘tar kechasi Marokashda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi mamlakatning to‘rtinchi yirik shahri bo‘lgan Marrakeshdan 75 km (44 milya) uzoqlikda joylashgan Atlas tog‘larida bo‘lgan. Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VI ga mamlakat hududida yuz bergan tabiiy ofat oqibatida odamlar halok bo‘lgani yuzasidan ta’ziya yo‘llagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing