Marokashda zilzila qurbonlari 2 mingdan oshdi

Olam

image

Kecha, 9 sentyabr kuni Marokashda yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari 2 ming kishidan oshdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, zilzila oqibatida 1400 dan ortiq odam og‘ir jarohatlangan, 2 000 dan ziyod kishi esa halok bo‘lgan.

Eng og‘ir talafotlar Marrakesh shahri janubidagi hududlarda qayd etilgan.

Mamlakat Podshohi Muhammad VI uch kunlik milliy motam e’lon qilib, omon qolganlarga boshpana, oziq-ovqat va boshqa yordam ko‘rsatishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 sentyabr kuni Marokashda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi mamlakatning to‘rtinchi yirik shahri bo‘lgan Marrakeshdan 75 km (44 milya) uzoqlikda joylashgan Atlas tog‘larida bo‘lgan. Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VI ga mamlakat hududida yuz bergan tabiiy ofat oqibatida odamlar halok bo‘lgani yuzasidan ta’ziya yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing