Marokashda qon yig‘ish uchun safarbarlik e’lon qilindi
Olam
−
09 Sentabr 2023 3435 1 daqiqa
Marokashning Uarzazat va Erraxidiyadagi mintaqaviy qon quyish markazlari (MQQM) Al-Hauz provinsiyasi va qirollikning boshqa hududlarida sodir bo‘lgan zilzila tufayli jarohatlanganlarga yordam berish uchun imkon qadar ko‘proq qon qoplarini yig‘ish uchun safarbar qilindi. Bu haqda Marokash televideniyesi xabar berdi.
“Ushbu safarbarlik zilziladan jarohatlanganlarning hayotini saqlab qolish uchun juda muhim”, deyiladi Uarzazat viloyati sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya delegatsiyasining bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, delegatsiya zilziladan zarar ko‘rgan hududlarda tez va samarali ish olib borishi uchun 65 ta tez yordam mashinasiga qo‘shimcha ravishda 105 ta tibbiy va ma’muriy xodimlar jalb qilingan.
Avvalroq mahalliy hokimiyat organlari, sog‘liqni saqlash xizmatlari va Uarzazat fuqarolari jabrlanganlarga yordam berish uchun safarbar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Marokashda 9 sentyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 1037 kishi halok bo‘lib, yana 1024 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edik.
Akobir Sayidov