Marokash Podshohi zilziladan jabrlanganlar uchun qon topshirdi (video)

Olam

image

Marokash qiroli Muhammad VI zilziladan jabr ko‘rgan hududdagi shifoxonaga borib, yaradorlar uchun qon topshirdi. Bu haqda “Mir 24” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Muhammad VI Marrakesh shahridagi shifoxona xodimlari bilan suhbatlashgan va jarohat olgan odamlarning sog‘lig‘i haqida bir qator savollar bergan. Bundan tashqari, u universitet shifoxonasi markazini ham ko‘zdan kechirgan. 

Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Muhammad VI ning kasalxonaga tashrifi “yaxshi va yomon kunlarda Podshoh va xalqi o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlaydi va qirollikka inqirozlarni yengishga yordam beradi”.

Hokimiyat organlarining qurbonlar va jabrlanganlar soni haqidagi so‘nggi ma’lumotlarida zilzila oqibatida 2901 kishi halok bo‘lgani hamda 5530 kishi yaralangani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 sentyabrga o‘tar kechasi Marokashda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi mamlakatning to‘rtinchi yirik shahri bo‘lgan Marrakeshdan 75 km (44 milya) uzoqlikda joylashgan Atlas tog‘larida bo‘lgan. Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Marokash Podshohi Muhammad VI ga mamlakat hududida yuz bergan tabiiy ofat oqibatida odamlar halok bo‘lgani yuzasidan ta’ziya yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila qon Marokash Marrakesh Muhammad VI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing