Markaziy saylov komissiyasi tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Jamiyat

image

Markaziy saylov komissiyasi tarkibida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu haqda bugun, 9 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.  

Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasining bir qator a’zolari:

  • Marinika Babanazarova;
  • Feruzaxon Ahmedova;
  • Suyarjon Qurbonqulov;
  • Shuhrat Sirojiddinov;
  • Iroda Kenjayeva;
  • Alisher Isoqboyev;
  • Orzigul Qozixonova;
  • Sherzodxon Qudratxo‘ja;
  • Gulnoza Ismoilova;
  • Alisher Usmonqulov;
  • Orifjon Bozorov;
  • Shuhrat Jo‘rayev;
  • Muyassar Qodirova;
  • Ergash Yusupovlarning vakolatlarini tugatish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek:

  • Muxtabar Husanova (Qonunchilik palatasi deputati);
  • Xolmuhammed Polvonniyazov (MSK Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori)ni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar Senatga yuborildi.

Saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun hamda Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis palatalari tomonidan to‘qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan. Shuningdek, ularning doimiy asosda faoliyat yuritishi, Markaziy saylov komissiyasining bir nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘lishi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy saylov komissiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing