Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishi mumkin – Rossiya TIV

Olam

image

Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari tavakkal qilishga tayyor emasliklarini va G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashlari mumkinligini ochiq aytmoqda. Bu haqda bugun, 16 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin “Valday” xalqaro munozara klubining III Markaziy Osiyo konferensiyasida ma’lum qildi.

“Bir tomonlama iqtisodiy cheklovlarning nomaqbulligi va noqonuniyligi haqidagi pozitsiyalar bir-biriga mos kelishiga qaramay, Markaziy Osiyoning bir qator davlatlari tegishli tavakkalchiliklarni o‘z zimmalariga olishni istamayapti, ular G‘arbning cheklovchi choralariga amal qilishga tayyor ekanliklarini yaqqol ko‘rsatmoqda”, degan vazir o‘rinbosari.

Galuzinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zaro majburiyatlarga, shu jumladan, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi doirasidagi majburiyatlarga zid bo‘lmagan taqdirda, hech kimga qanday tashqi va ichki siyosiy yo‘l tutish kerakligini buyurmaydi. 

“Bizning ishonchimiz komilki, Markaziy Osiyo poytaxtlari buni yaxshi tushunadi: Rossiya bilan aloqalarni sun’iy yo‘l orqali yo‘q qilish ikkilamchi sanksiyalardan ko‘ra jiddiyroq zarar keltirishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Mixail Galuzin Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga qat’iy qaror qilganini ta’kidlagan. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 16 va 17 may kunlari Tomsk davlat universitetida “Rossiya va Markaziy Osiyo: o‘zgaruvchan dunyo bilan o‘zaro munosabat” mavzusida “Valday” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sanktsiya Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing