Markaziy Osiyodagi eng qashshoq davlat nomi e’lon qilindi

Olam

image

Jahon Banki Markaziy Osiyo uchun muhim bo‘lgan tahlil natijalarini e’lon qildi. Unda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi qaysi davlat iqtisod jihatidan ortda qolayotgani va qashshoq ekani aks etgan. 

Jahon banki tahlilchilarining ta’kidlashicha, Tojikiston so‘nggi yigirma yil davomida o‘sish va boshqa yutuqlarga qaramay Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodi eng past ko‘rsatkichlarga ega davlat bo‘lib qolmoqda.

“Tojikiston o‘sish salohiyatiga ko‘maklashish” deb nomlangan hisobotda aytilishicha, 2000 yildan beri respublikada yalpi ichki mahsulotning o‘sishi va kam ta’minlanganlarning soni qisqarishi barqaror suratlarda olib borilgan, ammo vaqt o‘tishi bilan ko‘rsatkichlar sekinlashgan.

“So‘nggi uch yil ichida Tojikiston iqtisodiyoti 20 foizdan ko‘proqqa o‘sdi, ammo qashshoqlik darajasi 2 foiz ko‘rsatkichga kamaydi”, deyilgan hujjatda.

Xususan, mamlakatda aniq ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyotda resurslarni qayta taqsimlash sezilarli darajada kuzatilmagan. 

“Resurslar past unumdorlik bilan sotilmaydigan ichki sektorlarga jamlangan”, deb ta’kidlamoqda tadqiqotchilar.

Iqtisodchilarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda Tojikistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi sezilarli darajada kamaygan. 

Jahon Banki ma’lumotida aytilishicha, 2030 yilga kelib Tojikiston Hukumati aholi daromadlarini 2-3,5 baravarga oshirishni rejalashtirgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Jahon banki Markaziy Osiyo

Baholaganlar

544

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing