Markaziy Osiyo ustiga investitsiya yog‘ilyapti – YeOTB
Olam
−
18:08 4341 2 daqiqa
Markaziy Osiyodagi davlatlari investitsiyalarning jadal o‘sishini boshdan kechirmoqda – investitsiya hajmi 2025 yilning birinchi yarmida 1,3 milliard dollarga yetdi, bu 2023 yilga nisbatan 42% ga va 2016 yilgi darajadan deyarli uch baravar ko‘p. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki tomonidan o‘tkazilgan sharhda aytilgan.
Hujjatda aytilishicha, barcha mintaqalararo investitsiyalarning sakson foizi qurilish, ishlab chiqarish va moliya sektoriga to‘g‘ri keladi. Bu mintaqaning tovarga asoslangan modeldan yanada diversifikatsiyalangan investitsiya tuzilmasiga bosqichma-bosqich o‘tishini aks ettiradi.
MDH doirasida to‘plangan o‘zaro investitsiyalar 41,6 milliard dollarga yetdi (2016 yilga nisbatan +56%). Investitsiya oqimlari tobora ko‘proq Markaziy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda O‘zbekiston va Qozog‘istonga yo‘naltirilmoqda.
“48 milliard dollardan ortiq o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning to‘plangani rekord darajadagi ko‘rsatkichdir. Markaziy Osiyodagi o‘zaro investitsiyalar, ayniqsaya, tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. So‘nggi besh yil ichida mintaqada o‘zaro investitsiyalarning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 24,4 foizni tashkil etdi, bu butun Yevroosiyo mintaqasiga nisbatan bir necha baravar yuqori. O‘sish omillari orasida Qozog‘istonning investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha muvaffaqiyatli strategiyasi va O‘zbekistonning xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish siyosati bor”, deyiladi Yevroosiyo Taraqqiyot Bankining bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov.
Yevroosiyo mintaqasida o‘zaro investitsiyalar rekord darajadagi 48,4 milliard dollarga yetgan.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning global pasayishiga qaramay (o‘tgan yili global oqimlar 11 foizga kamaydi), Yevroosiyo mintaqasida investitsiya faolligi o‘sib bormoqda.
Xususiy biznes o‘sishning asosiy omili bo‘lib, uning investitsiyalardagi ulushi 72 foizgacha oshgan. Umumiy hajmi 34,7 milliard dollarga yetgan.
Live
Barchasi