“Markaziy Osiyo – Xitoy” quvuri orqali 500 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz yetkazilgan
Olam
−
19 noyabr
232414 yildan ortiq vaqt davomida “Markaziy Osiyo – Xitoy” gaz quvuri chin yurtini toza energiya bilan ta’minlovchi asosiy magistral bo‘lib kelmoqda va ushbu quvur orqali 500 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gaz yetkazib berilgan. Bu haqda PipeChina korporatsiyasining West Pipeline kompaniyasiga tayanib, “Sinxua” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Khorgos” gaz kompressor stansiyasi Markaziy Osiyo gazini Xitoyga olib kiruvchi boshlang‘ich nuqta sifatida xizmat qiladi. U Xitoyning G‘arbdan Sharqqa gaz quvuri tizimidagi ikkinchi va uchinchi liniyalarining yuragi hisoblanadi. 2009 yilda foydalanishga topshirilganidan buyon ushbu stansiya 5000 kundan ziyod xavfsiz va barqaror ishlagan holda 500 milliard kub metrdan ortiq gazni o‘tkazgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Khorgos” stansiyasi Osiyodagi eng yuqori samarali ob’ektlardan biri bo‘lib, quvurdagi ish bosimi 12 megapaskal va bu har soniyada 2000 kub metrdan ortiq gazni haydash imkonini beradi. Kundalik maksimal tashish quvvati esa 160 million kub metrga teng.
Nashrga ko‘ra, tabiiy gaz “Markaziy Osiyo – Xitoy” gaz quvuri bo‘ylab 1833 km sharqqa qarab 84 soat davomida harakatlanadi. Bu yo‘l davomida gaz O‘zbekistonning markaziy qismi va Qozog‘istonning janubiy qismlaridan o‘tib, Xitoyga “Khorgos” nazorat nuqtasi orqali kiradi. Quvur yiliga 60 milliard kub metr gaz tashish quvvatiga ega.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Markaziy Osiyo – Xitoy” gaz quvuri Xitoyning 27 provinsiyasi va Gonkong hududidagi 500 milliondan ortiq aholiga gaz yetkazib beradi.
LiveBarchasi