“Markaziy Osiyo emas, Turkiston”. Turkiyadagi darsliklarda mintaqa nomi o‘zgardi
Olam
−
09 Oktabr
13561Turkiyada yangi o‘quv dasturida tarix fani darsliklarida o‘zgarishlar yuz berdi va “Markaziy Osiyo” o‘rniga “Turkiston” tushunchasi qo‘llanila boshlandi. Bu haqda Turkiya Milliy ta’lim vazirligiga tayanib, TRT Haber xabar berdi.
Milliy ta’lim vazirligi 2024-2025 o‘quv yilida maktabgacha, boshlang‘ich maktab, o‘rta maktab, litseyga tayyorgarlik va 9-sinf darajalarida tatbiq etiladigan "Turkiya Asr Ta’lim Modeli" haqida taqvim chop etdi. Ta’lim vazirligi “Tarix” saboqlarida tub o‘zgarishlar sarlavhasi ostida yangi o‘quv dasturidagi atama va tushunchalardan foydalanish bilan o‘rtoqlashdi.
Bildirilishicha, dasturlarda anaxronistik va ilmiy noto‘g‘ri atama va tushunchalardan foydalanishdan voz kechilgan. Shu nuqtai nazardan, dasturlarga “Markaziy Osiyo” o‘rniga “Turkiston”, “Deportatsiya qonuni” o‘rniga “Ko‘chirish va joylashtirish qonuni” kabi atama va tushunchalar kiritilgan.
“Har bir tushunchaning o‘ziga xos ma’nosi borligi kelajak avlod ongini turkiy ong, milliy ong va vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yuksaltirish, tariximizga murojaat qilishda muhim masaladir”, deydi tarixchi dotsent Ramin Sodiq.
Boshqa bir tarixchi professor Ahmad Tasagilning aytishicha, Turkiston nomi dastlab qadimgi eroniylar, keyinroq arablar tomonidan O‘rta Osiyoda turklar yashagan hududlarni ifodalash uchun ishlatilgan. XV asrda yozilgan Temurning yurishlari haqidagi asarlarda Turkiston turkiylarning Movarounnahrdan tashqarida yashagan mamlakatlarini ko‘rsatgan. Ammo Kaspiy dengizining shimolidagi hududlarni Ibn Fadlonning “Sayohatnoma”sida “Bilodyu’t-Turk”, Ahmad Tusiy va boshqa fors yozuvchilari “Turkiston” deb keltirilgan. Ba’zi G‘arb manbalarida 580-yillarda O‘rta Osiyo uchun “Turkhiya” nomi keltirilgan.
LiveBarchasi