Turkiyada tez yordam vertolyoti halokatga uchradi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
17:14
2535Turkiyaning Mug‘la viloyatida vertolyot shifoxona binosi ustiga qulab tushdi. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Antaliyaga borish uchun havoga ko‘tarilgan tez yordam vertolyoti uchishni boshlagandan so‘ng zich tuman sabab kasalxona binosiga qulab tushgan. Vertolyot bortida ikki uchuvchi va ikki tibbiyot xodimi bo‘lgan.
Hodisa joyiga yetib kelgan Mug‘la viloyati gubernatori Idris Akbiyikning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot binoning to‘rtinchi qavatigacha uchib borib, keyin yerga qulagan. Binoning ichida yoki yerda hech kim jabrlanmagan.
“Vafot etganlarning yaqin birodarlariga hamdardlik bildiraman. Hodisaning batafsil ma’lumotlari o‘rganib chiqiladi”, degan gubernator.
Hodisa sabablari noma’lum. Voqea sodir bo‘lgan joyni kuchli tuman qoplagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning markaziy qismidagi Isparta viloyatida ikki turk harbiy vertolyoti to‘qnashib ketgandi. Harbiy vertolyotning Isparta markazidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi yoniga qulagani qayd etilgandi. Besh kishi halok bo‘lgandi, biri og‘ir yaralangandi. Halok bo‘lganlar orasida Isparta quruqlikdagi aviatsiya maktabi qo‘mondoni brigada generali ham borligi ma’lum qilingan.
LiveBarchasi