Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan bokschi Qozog‘iston chempionatida bronza medalni naqd qildi
Sport
−
11:57
2810Turkiston viloyati sharafini himoya qilgan Aman Konisbekov boks bo‘yicha 2024 yilgi Qozog‘iston chempionatining chorak finalida g‘alaba qozondi. Bu haqda “Sports.kz” xabar berdi.
Vazni 71 kilogrammgacha bo‘lgan bokchilar o‘rtasidagi chorak final bahsida Qo‘nisbekov Aqto‘be viloyati vakili Almas Kusherboyev bilan to‘qnash keldi. Natijada Aman yakdil qaror bilan ishonchli g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Aman Konisbekov mamlakat chempionatining yarim finaliga chiqdi va kamida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, Konisbekov asli o‘zbekistonlik bo‘lsada, joriy yil bokschi Qozog‘iston bayrog‘i ostida ringga chiqishga qaror qildi.
2023 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatining yarim finalida Konisbekov jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga qarshi ringga ko‘tarilib, uch raunddan so‘ng hakamlarning bahsli qarori bilan imkoniyatni boy bergan, o‘sha qarama-qarshilikning birinchi raundida Aman raqibini nokdaunga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.