Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon harbiylari qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazadi

Olam

image

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon joriy yilning iyul oyida “Bіrlestіk-2024” qo‘shma tezkor-taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, mashg‘ulotlar Qozog‘istondagi "Oymasha" poligonida, shuningdek, Kaspiy dengizidagi Tokmak burnida bo‘lib o‘tadi. 

“Qurolli mojarolar zonasini aniqlash bo‘yicha jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi”, deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning Aqtau shahrida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Mudofaa vazirliklari vakillari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tgan, unda ishtirokchilar manyovrlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bir qancha masalalarni muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Tojikiston O'zbekiston Ozarbayjon Qirg'iziston Bіrlestіk-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing