Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qurilishida fojia yuz berdi

Olam

image

Bugun, 25 fevral kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida masjid qurilish maydonida favqulodda vaziyat sodir bo‘ldi. Bu haqda AP xabar berdi.

Qurilish vaqtida narvonlar qulashi natijasida, ishchilar 60 metr balandlikdan yiqilgan.

“Qurbonlar yo‘q. To‘qqiz kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan Dushanbedagi shifoxonaga yotqizildi”, degan Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili.

Jarohatlanganlarning ahvoli haqida hozircha ma’lumot berilmagan. Biroq bir ishchi o‘zini yaxshi his qilayotgani sababli shifoxonaga yotishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, Dushanbeda qurilayotgan masjid Markaziy Osiyoda eng kattasi bo‘lishi aytilgan. U yerda bir vaqtda 120 ming kishi ibodat qilishi mumkin bo‘ladi.

Ob’ektning har biri 75 metrli to‘rtta minorasi, 47 metrli asosiy gumbaz va 20 ta katta va kichik gumbazlari bor. Masjid Dushanbe shimolida 12 gektar maydonni egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston masjid

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing