Markaziy bank mutaxassisi karantin vaqtida kredit olish masalasiga izoh berdi
Bu qiziq
−
30 mart 2020
14128O‘zbekistonda koronavirusning keng yoyilishining oldini olish maqsadida karantin rejimi joriy etildi. Bu vaqtda ko‘plab muassasa va tashkilotlar faoliyati to‘xtatildi. Ammo banklarning kredit berish amaliyotlari to‘xtatilgani yo‘q. Banklar tomonidan barcha turdagi kreditlar ajratilmoqda. Bu haqda bugun, 30 mart kuni AOKA maxsus shtabida o‘tkazilgan brifing paytida Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov ma’lum qildi.
“Banklar o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmoqda. Biroq vaziyatdan kelib chiqib, banklarning mavjud kreditlar muddatini uzaytirib, qarz yuklarini kamaytirishga qaratilganini hisobga olishingizni so‘raymiz”, dedi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 mingga yaqin kreditlar muddati uzaytirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar 145 nafarni tashkil qilyapti. Ularning ikki nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi