Markaziy bank fuqarolarni firibgarlik holatlaridan ogohlantirmoqda
Jamiyat
−
13 yanvar 2021
6657Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari orasida internet saytlaridagi reklamalar orqali qisqa vaqt ichida pul ishlashni taklif etayotgan tashkilotlarning yolg‘on ma’lumotlariga ishonib, o‘z pul mablag‘larini xorijiy davlatlarga o‘tkazish holatlari uchrab turibdi.
Bunda asosan internet foydalanuvchisi pul ishlash to‘g‘risidagi reklamalar bilan tanishib, tashkilotlarga so‘rov qoldiriladi. Qisqa vaqt ichida “A” ismli shaxs foydalanuvchi bilan bog‘lanadi hamda savdo maydonchasiga (FOREX platformalari) kirishni ta’minlash, xalqaro moliya bozoridagi savdo bo‘yicha tahliliy ma’lumot va maslahat taqdim etish taklifi bilan ma’lum bir miqdorda chet el valyutasida sarmoya kiritish so‘raladi.
Pul mablag‘lari o‘tkazilgandan keyin, tashkilot xodimi – tahlilchi tomonidan masofaviy erkin foydalanish dasturini (Any Desk) o‘rnatish so‘raladi va mazkur dastur o‘rnatilgandan so‘ng u orqali platformadagi savdolarda qatnashiladi. Sarmoya kiritgan fuqaro platformada o‘z mablag‘ining o‘sishini ko‘radi hamda ko‘paygan pul mablag‘larini yechishga qaror qilganda, tahlilchi ushbu mablag‘larni yechib bermaydi va turli bahonalarni vaj qiladi yoki umuman aloqaga chiqmaydi.
Shundan so‘ng fuqaro tomonidan brokerlik kompaniyasining shaxsiy kabinetiga kirgan holda pul mablag‘larini yechish yuzasidan so‘rovlar yuborilganda “kutilmoqda” maqomi ko‘rsatiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Markaziy bank o‘zbekistonliklardan firibgarlarning aldovlariga ishonib qolmasliklari uchun ogoh bo‘lishni so‘ragan.
LiveBarchasi