Markaziy bank firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi
Jamiyat
−
17 mart
11086O‘zbekiston Markaziy banki feyk va firibgarlardan ogohlantirmoqda. Bu haqda Markaziy bankning tegishli bayonoti e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, firibgarlar tomonidan fuqarolarning ishonchiga kirish uchun Telegram messenjeri orqali Markaziy bank ramziy belgilari aks ettirilgan soxta profillardan qalbaki guvohnoma va hujjatlar rasmlarini yuborish holatlari uchramoqda.
Fuqarolar yolg‘on xabarlarga aldanib, firibgarlarga o‘zining shaxsga doir va bank karta ma’lumotlari hamda bir martalik tasdiqlash kodlarini (OTP) berishi, shuningdek, telefon qurilmasiga zararli ilovalarni o‘rnatishi natijasida bank kartalaridagi pul mablag‘laridan ayrilib qolmoqda.
Shu munosabat bilan yuqorida ko‘rsatilgan soxta profillardan xabarlar kelsa, muloqotga kirishmaslik, yuborilgan shubhali havolalarni bosmaslik, zararli (APK) ilovalarni telefonga o‘rnatmaslik hamda ushbu foydalanuvchini “bloklab qo‘yish” tavsiya etiladi.
Markaziy bank bu kabi xabarlar va akkauntlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Markaziy bank fuqarolarning notanish telefon raqamlaridan qilingan qo‘ng‘iroqlarga javob berishi bilan ularning bank kartalaridagi pul mablag‘lari avtomatik tarzda yechib olinayotgani yuzasidan ogohlantirish bilan chiqqan edi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart