Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi
Jamiyat
−
29 iyul 1542 1 daqiqa
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining bugun, 29 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlarida ma’lum qilindi.
Regulyator bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 6,4 foizga yetgan, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlanib qolgan. Shuningdek, umumiy inflyatsiyaning yil yakunida 6,5 foiz atrofida bo‘lishi, iqtisodiy o‘sish prognozi esa 7,5–8 foiz darajasida saqlab qolingani qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning iyun oyida energiya va toshko‘mir narxlarining oshishi ta’sirida umumiy inflyatsiya sur’atlarining qisqa muddatli yuqorilashi kuzatilmoqda. Markaziy bankning pul-kredit siyosati esa inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lib qoladi.
Axborotda aytilishicha, asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026 yil 16 sentyabr kuniga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyun kuni Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgan edi.
Live
Barchasi