Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston 2020 yilda yalpi ichki mahsulotni 2 foizga o‘stirishni maqsad qilyapti. Buning uchun esa Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda YAIMni 2 foiz va undan biroz ko‘proq hamda sanoatni 3,5 foizga o‘stirish bo‘yicha vazifa qo‘ygan.

“Bizni zimmamizga sanoatda ishlab chiqarishni 3,5 foizga o‘stirsh vazifasini qo‘ydilar. Bu birinchi navbatda karantin sabab ishlamay qolgan korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni aylanma mablag‘lar bilan vaqtida ta’minlash, foizlarni ko‘rib chiqish hisobiga amalga oshiriladi”, dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, yaqin kunlarda Markaziy bank boshqaruvi kengashi qayta moliyalash stavkasini pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Prezident Markaziy bank taklifini ma’qullagan. Foizlar birmuncha pasaytiriladi.

Qayd etilishicha, sanoat korxonalarini ham moliyaviy, ham tashkiliy tomondan qo‘llab-quvvatlash va subsidiyalar berish sanoatni 3,5 foizga o‘stirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank joriy yilning 14 aprelida asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, yillik 15 foiz darajasida belgilagan edi.

Ma’lumot uchun, kecha O‘zbekiston Prezidenti milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

iqtisodiyot

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing