Markaziy bank 13 ta bankka nisbatan sanksiya qo‘llanganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mijozlarga bank kartalari orqali xizmat ko‘rsatilishida qoidabuzarlik holatlari aniqlangani bois, mamlakatdagi 13 ta bankka nisbatan sanksiyalar qo‘llanilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan tijorat banklari va ularning joylardagi muassasalari to‘lov terminallari bilan  ta’minlanganligi, to‘lovlarning qabul qilinishi va bank kartalaridan naqd pul mablag‘lari berilishi hamda terminal orqali to‘lovlarni amalga oshirish yoki pul mablag‘ini naqdlashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatilganda bank karta egasiga “PIN-kod”ini mustaqil terishga imkon yaratib berilganligi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, tijorat banklarining Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Mazkur hududlarda ayrim bank muassasalarida mijozlarga bank kartalari orqali xizmat ko‘rsatilishida qoidabuzarlik holatlari aniqlangan va bunga yo‘l qo‘ygan tijorat banklariga nisbatan (Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank, Ipak yo‘li banki, Ipoteka-bank, Qishloq qurilish bank, O‘zsanoatqurilishbank, Savdogarbank, Infinbank, Hamkorbank, Milliy bank, Aloqabank va Turonbank) belgilangan tartibda sanksiyalar qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bank Sanktsiya

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing