Mariya Timofeyeva Istanbul turnirida g‘alaba qozondi

Sport

image

Kecha, 10 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida tennis bo‘yicha WTA 125 tasnifiga kiruvchi musobaqa finali bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mariya Timofeyeva musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekistonning uchinchi raketkasi final bahsida xorvatiyalik nomdor raketka ustasi Donna Vekichni 6:4, 6:2 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.

Mariya Timofeyeva hozirgina Turkiyaning Istanbul shahrida yakuniga yetgan WTA 125 toifasiga kiruvchi turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. 92 daqiqa davom etgan bahsda Mariya birinchi raqam ostida tasniflangan nomdor raqibasini ortiqcha qiyinchiliklarsiz mag‘lubiyatga uchrata oldi. Bu tennischilarning o‘zaro o‘tkazgan ilk uchrashuvi bo‘ldi. Timofeyeva bitta eys zarbasini amalga oshirib, bitta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi. Donnada qo‘shxatolar 3 tani tashkil qildi, u eys zarbasini ijro eta olmadi.

Ma’lumot uchun, Mariya Timofeyeva ayni paytda WTA reytingida 136-o‘rin, 29 yoshli Donna Vekich esa 89-o‘rinni egallab turibdi. Timofeyeva Istanbul turnirida oltinchi raqam ostida tasniflangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Mariya Timofeeva Donna Vekich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing