Mariy Elda sayyohlar lagerini daraxt bosib qoldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Mariy El Respublikasidagi Yalchik ko‘lida sodir bo‘lgan dovul oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dovul tufayli 16 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

“Yalchik ko‘lida daraxtlar plyajda joylashgan chodir lageriga qulab tushdi”, deydi Mariy El rahbari Yuriy Zaysev.

Uning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola ham bor. Sayyohlik guruhi qutqaruv xizmatlarida ro‘yxatga olinmagani aniqlangan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi aniqlik kiritishicha, daraxtlar qulagan Yalchik ko‘li Mariy Chodra milliy bog‘i hududida joylashgan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, daraxtlar qulagan katta va kichik Yalchik ko‘llari Mariy Chodra milliy bog‘i hududida joylashgan. Tergov qo‘mitasining Mariy El bo‘yicha departamenti "Mariy Chodra milliy bog‘i rahbariyati xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatgani" bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda yuz berayotgan “Doksuri” to‘foni oqibatida 724 mingdan ortiq odam jabrlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sayyohlar Mariy El

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing