Rossiyaliklar ommaviy ravishda O‘zbekistonga chipta sotib olishni boshladi

Olam

image

Rossiyalik sayyohlar joriy yilning kuzida O‘zbekistonga aviachiptalarni faol ravishda ommaviy bron qilmoqda. Bu haqda “Tutu” sayohat servisi ma’lumotlariga tayanib,“Lenta” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kuzgi aviachipta bronlari ulushining o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egallagan. O‘sish 5,2 foiz bandni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda Turkiya, undan keyingi o‘rinlarda Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya qayd etilgan.

Shuningdek, Belarus va Qozog‘istonga aviachipta bron qilish ulushi kamaygan.

Mehmonxonalarni bron qilish bo‘yicha esa joriy yilning kuzida eng katta o‘sish Xitoyda kuzatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 4,2 foiz bandga oshgan. O‘zbekiston 3,2 foiz bandlik o‘sish bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Biroq mehmonxonalarni bron qilish soni bo‘yicha Belarus, Abxaziya va Turkiya yetakchilikni saqlab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Centrum Air aviakompaniyasiga nisbatan e’tirozli murojaatlar e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing