Mariupolda o‘zbekistonliklar urushga safarbar qilingani aytilmoqda
Jamiyat
−
23 iyul 2023
19157Rossiya ta’siri ostida bo‘lgan Ukrainaning Mariupol shahrida qurilish ishlariga jalb qilingan o‘zbekistonliklar urushga safarbar qilingani aytilmoqda. Bu haqda amerikalik siyosatshunos Jeyson Jey Smart o‘zining Twitter sahifasida yozgan.
Uning qayd etishicha, Gorlovkadagi ishg‘olchilar orasida ko‘p sonli O‘zbekiston fuqarolari borligi aniqlangan.
“O‘zbekistonliklar qurilish ishlarini olib borish uchun bosib olingan Mariupolga yetib kelgan. Yetib kelgach, o‘zbekistonliklarning pasportlari olib qo‘yilib, “ko‘ngillilar” sifatida safarbar qilinib, Ukrainaga qarshi jangga jo‘natilgan”, deydi Jeyson.
O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bu holat bo‘yicha hali rasmiy ma’lumot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, bir necha oy ish haqisiz ishlagani aniqlangandi. Keyinchalik ular vatanga qaytarilgan.
LiveBarchasi