Marg‘ilonda Lacetti tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Kecha, 25 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida Lacetti tez tibbiy yordam avtomobili bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, D-087 – “Marg‘ilon shahar-Quva-Marhamat shahar” avtomobil yo‘lining 7-kilometrida, “O‘rda tagi” MFY “Mustaqillik” ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Lacetti-2 rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanyotgan Volkswagen rusumli tez tibbiy yordam avtomobili bilan to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirobod tumanida Ford rusumli tez yordam mashinasi Audi bilan to‘qnashishi oqibatida ag‘darilib ketgan edi. YTH oqibatida Ford haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Marg'ilon Lacetti tez yordam mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing