Marg‘ilonda 5,6 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagan ohak sexi aniqlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, shahardagi “Kichik sanoat zonasi” hududidagi noturar joyda fuqaro T.M va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilgan. Unda qo‘lbola gaz qurilmalarini (gorelka) o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli  gaz quvuriga ulab, 5 mlrd 604 mln so‘mlik 2 mln 155 ming kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Holat yuzasidan fuqarolar T.M., K.M. va ularning sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamalgandi.

Sara Komiljonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Marg'ilon ohak tsexi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing