Maradonaning o‘limi bo‘yicha tibbiy xulosalar e’lon qilindi 

Sport

image

Argentina terma jamoasi afsonaviy futbolchisi Diyego Maradonaning o‘limini tekshiruvchi tibbiy komissiyaning norasmiy natijalari e’lon qilindi.  

Shifokorlar Maradonaning o‘limiga ilgari mavjud bo‘lgan yurak xastaligi sabab bo‘lganini tasdiqladi. 

Futbolchi o‘tgan yil 25 noyabr kuni soat 04:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda, uxlab yotganida vafot etgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, sobiq futbolchining uyiga chaqirilgan shifokorlar uning tanasi allaqachon sovuq bo‘lsa ham, Maradonani 45 daqiqa davomida jonlantirishga harakat qilgan. 

Maradonaning o‘limi soat 13:15 da e’lon qilingan. Shunisi e’tiborga loyiqki, hamshiralardan biri Diyego uyg‘onganini va ertalab o‘rnidan turganini aytgan edi. 

Tergov davom etmoqda, ayni paytda beparvolikda ayblanayotgan besh nafar shifokor tekshirilmoqda.  Ulardan biri - Maradonaning davolovchi shifokori muhim hujjatlarda futbolchining imzosini soxtalashtirishda ham ayblanmoqda. 

Avvalroq, futbolchi hayotining so‘nggi yillarida yaqinlari uchun 4,6 million dollar sarflagani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Maradona

Baholaganlar

497

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing