Maradonaning shifokori sud qilinadi
Sport
−
26 iyun 2021
5295Joriy yilning 28 iyun kuni futbolchi Diyego Maradonaning davolovchi shifokori Leopoldo Luke ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar bergan.
Luke argentinalik futbolchining imzolarini qalbakilashtirishda ayblanmoqda. Maradonaning imzosi bo‘lgan hujjatlar politsiya tomonidan Lukening uyi va ofisida tintuv o‘tkazilganda topilgan. Imzolarning soxtalashtirilgani ekspertiza tomonidan tasdiqlangan.
Avvalroq, Diyego Maradonaning o‘limi uchun yetti nafar tibbiyot xodimiga ayblov e’lon qilingani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan yil 25 noyabr kuni soat 04:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda, uxlab yotganida vafot etgan. Maradonaning uyiga chaqirilgan shifokorlar uning tanasi allaqachon sovuq bo‘lsa ham, uni 45 daqiqa davomida jonlantirishga harakat qilgan.
Maradonaning o‘limi soat 13:15 da e’lon qilingan. Shunisi e’tiborga loyiqki, hamshiralardan biri Diyego uyg‘onganini va ertalab o‘rnidan turganini aytgan edi.
LiveBarchasi