Maradona yuraksiz dafn etilgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
23 noyabr 2021
18361Afsonaviy futbolchi Diyego Armando Maradona yuraksiz dafn etilgan. Bu haqda jurnalist Nelson Kastro o‘zining kitobida yozgan.
“Bir guruh (muxlislar) yurakni qazib olishni rejalashtirgan edi. Odamlar bu reja haqida bilib olishdi, bu sodir bo‘lmadi, yurak Maradonaning jasadidan olib tashlandi. Bu tadqiqot uchun ham qilindi, chunki yurak o‘lim sababini aniqlashda juda muhim edi”, deydi Kastro.
Qayd etilishicha, Maradonaning yuragi yarim kilogrammga teng juda katta yurak bo‘lgan. Odatda yurak 300 gramm bo‘ladi, garchi sportchining yuragi katta bo‘lsa-da, u boshqa narsa, yurak yetishmovchiligi, tufayli kattalashib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan yil 25 noyabr kuni soat 04:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda, uxlab yotganida vafot etgan. Maradonaning uyiga chaqirilgan shifokorlar uning tanasi allaqachon sovuq bo‘lsa ham, uni 45 daqiqa davomida jonlantirishga harakat qilgan. Maradonaning o‘limini tekshirish uchun tuzilgan tibbiy ekspert komissiyasiga ko‘ra,futbolchining sog‘lig‘iga mas’ul bo‘lgan shifokorlar uni yetarli darajada davolamagan. Bundan tashqari, shifokorlar futbolchi o‘limining aniq vaqtini aniqlagan.
Maradonaning o‘limi soat 13:15 da e’lon qilingan. Shunisi e’tiborga loyiqki, hamshiralardan biri Diyego uyg‘onganini va ertalab o‘rnidan turganini aytgan edi.