Maradona vatandoshlarining mundial uchun kengaytirilgan tarkibi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
07 noyabr 2022
3358Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi Jahon chempionati uchun terma jamoaning kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Bu haqda “La Nacion”da nashrida xabar berildi.
Ro‘yxatga 32 nafar futbolchi kiritilgan bo‘lib, ulardan 26 nafari yakuniy tarkibga kiritiladi.
Darvozabonlar: Emiliano Martines (Aston Villa), Xeronimo Ruli (Vilyarreal), Xuan Musso (Atalanta), Franko Armani (River Pleyt).
Himoyachilar: Nauel Molina (Atletiko), Gonsalo Montel (Sevilya), Kristian Romero (Tottenxem), Xerman Pesselya (Betis), Nikolas Otamendi (Benfika), Lisandro Martines (Manchester Yunayted), Markos Akunya (Sevilya), Nikolas Talyafiko (Lion), Xuan Foyt (Vilyarreal), Fakundo Medina (Lans), Neuen Peres (Udineze)
Yarim himoyachilar: Rodrigo De Paul (Atletiko), Leandro Paredes (Yuventus), Djovani Lo Chelso (Vilyarreal), Papu Gomes (Sevilya), Aleksis Mak Allister (Brayton), Gido Rodriges (Betis), Enso Fernandes (Benfika), Eksekiel Palasios (Bayer) va Nikolas Gonsales (Fiorentina).
Hujumchilar: Lionel Messi (PSJ), Lautaro Martines (Inter), Anxel Di Mariya (Yuventus), Xulian Alvares (Manchester Siti), Xoakin Korrea (Inter), Paulo Dibala (Roma), Anxel Korrea (Atletiko), Tyago Almada (Atlanta Yunayted).
Qatardagi Jahon chempionati 20 noyabr kuni boshlanadi. Argentina terma jamoasi guruhda Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan to‘qnash keladi.
LiveBarchasi