Buqa o‘zbekistonlikni suzib o‘ldirdi
Olam
−
14 Oktabr 2019
11491Kecha, 13 oktyabr kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Viborg tumanida O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi.
Ganino qishlog‘ida buqa o‘tloqda cho‘ponni suzib o‘ldirdi. Qurbon ishlash uchun kelgan 55 yoshli o‘zbekistonlik bo‘lgan. Bu haqda politsiyaga 62 yoshli ayol xabar berdi.
Guvoh buqa qurbonni shohi bilan uloqtirayotganini ko‘rganini aytgan. U jonivorning yuzida qonni ko‘rgach, buqani chalg‘itish uchun unga tosh va tayoq uloqtira boshlagan. Biroq hayvon unga e’tibor bermagan.
Jonivor qurbonning yonidan ketganida guvoh erkakning yoniga kelgan va uning yonboshi yirtilib ketganini ko‘rgan. Afsuski, o‘zbekistonlikda tiriklik belgilari sezilmagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr